25 iyu 10:21
Yangiliklar
Tennis
Bugun Istomin SHveycariyada dunyoning 26-raketkasiga qarshi kortga chiqadi
SHveycariyaning Gshtaad shahrida tennis bo'yicha mukofot jamg'armasi 586 140 evroni tashkil etuvchi musobaqa davom etmoqda.
O'zbekistonning birinchi raketkasi Denis Istomin bugun nimchorak final uchrashuvini o'tkazadi. Ilk davrada mezbon tennischi Mark-Andrea Xyuslerni 6:3, 7:6(7:0) hisobida mag'lub etgan hamyutimizning 1/8 finaldagi raqibi Dushan Layovich bo'ladi.
Taqqoslash uchun, Istomin ayni paytda jahon reytingida 107, Layovich esa 26-o'rinni egallab turibdi. Denisning birinchi bosqichdagi raqibi Xyusler esa 271-pog'onadan joy olgandi. Istomin va Layovich o'zaro to'rt marotaba to'ynash kelishgan. Tennischilar hisobida ikkitadan g'alaba bor.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar