05 jan 09:10
Yangiliklar
Tennis

Bugun Istomin Tailandda chililik tennischiga qarshi kortga chiqadi
Tailand poytaxti Bangkok shahrida tennis bo'yicha yilning dastlabki “CHellenjer” turkumiga kiruvchi turnirining asosiy to'r bahslari davom etmoqda.
Sovrin jamg'armasi 50 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi ushbu musobaqada hamyurtimiz Denis Istomin ham ishtirok etyapti. Mamlakatimizning birinchi raketkasi yakkalikdagi ishtirokini g'alaba bilan boshlagan edi.
Bugun turnirning ikkinchi raketkasi bo'lgan hamyurtimiz ikkinchi bosqich uchrashuvida Kristian Garinga qarshi kortga chiqadi. CHililik 20 yoshli tennischi dunyo reytingida 211-pog'onadan joy olgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar