11 okt 08:02
Yangiliklar
Tennis

Bugun Istomin Toshkentda Saxarovga qarshi kortga chiqadi
Poytaxtimizdagi Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi kortlarida ananaviy “Toshkent CHellenjer” musobaqasi davom etmoqda.
Sovrin jamg'armasi 125 ming dollarni tashkil qiluvchi ushbu turnirda dunyoning 20dan ziyod davlatidan ko'zga ko'ringan tennischilar ishtirok etyapti. CHexiyalik Irji Veseli turnirning birinchi raketkasi sifatida etirof etilgan.
Bugun ushbu turnirning amaldagi va shu bilan birga ikki karra g'olibi Denis Istomin yakkalikdagi ishtirokini boshlaydi. Uning raqibi asli o'zbekistonlik ayni paytda Franciya sharafini himoya qilayotgan Gleb Saxarov bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, o'tgan yilgi turnirning finalida mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi slovakiyalik Lukash Lackoni 6:3, 6:4 hisobida taslim etib, bosh mukofotni qo'lga kiritgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar