29 iyu 07:38
Yangiliklar
Tennis

Bugun Istomin “Uimbldon” turnirida Almagroga qarshi kortga chiqadi
Londonda tennis bo'yicha “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi nufuzli “Uimbldon” turniri bo'lib o'tmoqda.
Yilning to'rtta nufuzli turniridan uchinchisi bo'lgan ushbu musobaqada hamyurtimiz Denis Istomin ham ishtirok etyapti. Mamlakatimizning birinchi raketkasi Denis Istomin “Uimbldon” turnirining ilk davrasida dunyoning 20-raketkasi JAR vakili Kevin Andersonni besh set natijasiga ko'ra mag'lub etgandi.
Bugun Istomin ikkinchi bosqich bahsida kortga chiqadi. Tennischimizning raqibi Nikolas Almagro bo'ladi. Ispaniyalik bu raketka ustasi birinchi bosqichda braziliyalik Rojeriu Dutrani 5ta set natijasiga ko'ra taslim etgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar