03 iyu 09:45
Yangiliklar
Tennis

Bugun Istomin “Uimbldon”dagi ishtirokini boshlaydi
Bugun London shahrida “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi “Uimbldon” turnirining asosiy to'r bahslari start oladi.
Yilning to'rtta nufuzli musobaqasining hisob bo'yicha uchinchisida hamyurtimiz Denis Istomin ham ishtirok etadi. Bu Denis uchun “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi musobaqalardagi ketma-ket 35-ishtirok bo'ladi.
O'zbekistonning birinchi raqamli tennischisi ilk davrada amerikalik Donald Yangga qarshi kortga chiqadi. Agar ob-havo sabab o'zgarish bo'lmasa, bu uchrashuv bizning vaqt bilan soat 17:00da boshlanishi belgilab qo'yilgan.
Malumot uchun, tennischilar shu kungacha o'zaro 3 marotaba to'qnash kelishgan. O'yinlarning ikkitasida Istomin g'alaba qozongan bo'lsa, bittasida Yangning qo'li baland kelgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar