29 avg 09:50
Yangiliklar
Tennis

Bugun Istomin US Open ilk davrasida Nadalga qarshi kortga chiqadi
Bugun yilning to'rtta nufuzli tennis turniridan biri bo'lgan US Open, yani AQSH Ochiq chempionatining asosiy to'r bahslari boshlanadi.
Xabar berganimizdek, qura natijasiga ko'ra mamlakatimizning birinchi raketkasi Denis Istomin birinchi davrada ispaniyalik Rafael Nadalga qarshi kortga chiqishi kerak edi. Reja bo'yicha bu uchrashuv bugun tunda bo'lib o'tadi.
Rafael Nadal turnirda to'rtinchi raqam ostida tasniflangan. Ushbu juftlik g'olibi ikkinchi davrada italiyalik Andreas Seppi hamda franciyalik Stefan Robert uchrashuvi g'olibi bilan to'qnash keladi.
Malumot uchun, musobaqaning amaldagi g'olibi, dunyoning birinchi raketkasi serbiyalik Novak Jokovich chempionlik himoyasini polshalik Eji Yanovichga qarshi uchrashuv bilan boshlaydi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar