28 avg 09:30
Yangiliklar
Tennis

Bugun Istomin "US Open"dagi ishtirokini boshlaydi
O'zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin bugun yilning so'nggi "Ulkan Toj"idagi ishtirokini boshlaydi.
Sportchimiz ilk davrada ispaniyalik Albert Ramos-Vinolasga qarshi kortga chiqadi.
Malumot uchun, Albert Ramos-Vinolas bugungi kunda dunyo reytingida 24-o'rinni egallab turibdi. Istomin esa 85-pog'onadan joy olgan. Tomonlar bungacha bir marotaba o'zaro to'qnash kelganlar. 2015 yilda bo'lib o'tgan "Uimbldon" turnirida Denis o'yin vaqtida jarohat olgan va bahsni oxiriga etkaza olmagandi.
Agar Istomin ushbu o'yinda g'alaba qozona olsa navbatdagi bosqichda Mayu - Fuchovich juftligi g'olibiga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar