10 avg 09:59
Yangiliklar
Tennis

Bugun Jo'rabek final chiptasi uchun kortga chiqadi
Belarus poytaxti Minsk shahrida tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnir bo'lib o'tmoqda.
Sovrin jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi ushbu musobaqada hamyurtimiz Jo'rabek Karimov ham muvaffaqiyatli tarzda ishtirok etyapti. Kecha tennischimiz chorak final uchrashuvida gruziyalik George Civadzeni 6:1, 2:6, 6:4 hisobida mag'lub etgandi.
Bugun musobaqaning uchinchi raqamli ishtirokchisi bo'lgan Jo'rabek final chiptasi uchun kortga chiqadi. Uning raqibi isroillik Igor Smilanski bo'ladi. Turnirda beshinchii raqam ostida harakat qilayotgan Smilanski kecha chorak finalda belaruslik Ivan Lyutarevichdan 6:4, 6:1 hisobida ustun kelgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
O’xshash yangiliklar
09:04
Ikki kundan keyin Olma-Otada Octagon 73 turniri o'tkaziladi, unda hamyurtlarimiz ham ishtirok etadi 0
Fikrlar