27 okt 11:19
Yangiliklar
Tennis

Bugun Jo'rabek Karimov Malayziyada juftlik bahslari finalini o'tkazadi
Malayziyada mukofot jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi "Fyuchers" turniri bo'lib o'tmoqda.
Istedodli tennischimiz Jo'rabek Karimov ushbu turnirning juftlik bahslarida final yo'llanmasini qo'lga kiritgan.
Xitoylik Aoran Vang bilan juftlik hosil qilgan Jo'rabek bugun 12:30dan so'ng boshlanadigan final o'yinida Gvatemala va Italiyadan tashrif buyurgan tennischilar juftligi Vilfredo Gonsales va Franchesko Vilardoga qarshi o'yin o'tkazadi.
Ushbu bahsda Jo'rabek va uning do'stiga omad tilab qolamiz!
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar