19 okt 07:55
Yangiliklar
Tennis

Bugun Jo'rabek Malayziyada hind tennischisiga qarshi kortga chiqadi
Istedodli tennischimiz Jo'rabek Karimov Malayziyaning Kuching shahri mezbonlik qilayotgan “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnirda ishtirok etyapti.
Bugun hamyurtimiz sovrin jamg'armasi 15 000 dollarni tashkil qiluvchi musobaqaning yakkalik bahslari ikkinchi davra uchrashuvida kortga chiqadi. Uning raqibi hindistonlik Suraj Prabodx bo'ladi.
Saralash bahslari orqali asosiy to'rga etib kelgan Suraj
kecha ilk bosqichda turnirning ettinchi raketkasi yaponiyalik Ken Onishini 6:3, 6:4
hisobida mag'lub etishning uddasidan chiqqandi. Jo'rabek esa rossiyalik Aleksandr
Malcevga hech qanday imkoniyat qoldirmagandi - 6:1, 6:1.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar