06 sen 10:40
Yangiliklar
Tennis

Bugun Jo'rabek Novi Sad turniri yakkaligida kortga chiqadi
Serbiyaning Novi Sad shahrida tennis bo'yicha sovrin jamg'armasi 15 000 AQSH dollaridan iborat turnirning asosiy to'r bahslari davom etmoqda.
Ushbu “Fyuchers” turkumiga kiruvchi musobaqada hamyurtimiz Jo'rabek Karimov ham o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazyapti. Istedodli tennischimiz juftliklar musobaqasining ilk davrasida mag'lubiyatga uchragan edi.
Bugun Jo'rabek asosiy
to'rning ilk bosqichida kortga chiqadi. Uning raqibi xorvatiyalik Frano Raspudich
bo'ladi. 26 yoshli bu tennischi dunyo reytingida 1249, 19 yoshli Jo'rabek esa
950-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar