16 mar 09:41
Yangiliklar
Tennis

Bugun Jo'rabek Qozonda final chiptasi uchun kortga chiqadi
Istedodli tennischimiz Jo'rabek Karimov Rossiyaning Qozon shahrida o'tkazilayotgan turnirda muvaffaqiyatli tarzda ishtirok etyapti.
Kazan Open musobaqasining sovrin jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil etadi. Turnirda ettinchi raqam ostida tasniflangan hamyurtimiz kecha chorak finalda turnirning birinchi raketkasi rossiyalik Taymuraz Gabashvilini mag'lub etgan edi.
Taqqoslash uchun, 19 yoshli Jo'rabek Karimov dunyo reytingida 580, 32 yoshli Gabashvili esa 313-o'rinni egallab turibdi. Bugun Jo'rabek yarim final uchrashuvida yana bir mezbon tennischisi, turnirda beshinchi raqam ostida tasniflangan Pavel Kotovga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
O’xshash yangiliklar
09:04
Ikki kundan keyin Olma-Otada Octagon 73 turniri o'tkaziladi, unda hamyurtlarimiz ham ishtirok etadi 0
Fikrlar