25 may 08:53
Yangiliklar
Tennis

Bugun Jo'rabek Ukrainada final chiptasi uchun kortga chiqadi
Ukrainaning Rivne shahri mezbonlik qilayotgan tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnir o'zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.
Sovrin jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqada istedodli tennischimiz Jo'rabek Karimov ham muvaffaqiyatli ishtirok etyapti. Bugun hamyurtimiz final chiptasi uchun kortga chiqadi.
Jo'rabekning yarim finaldagi raqibi Jordan Korrea bo'ladi. Braziliyalik bu tennischi turnirning to'rtinchi raketkasi hisoblanadi, lekin reytingda Karimovdan ancha pastda joylashgan. 19 yashar tennischimiz ATP reytingida 504-o'rinda bormoqda. 20 yoshli Korrea esa 607-pog'onadan joy olgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar