31 iyu 10:41
Yangiliklar
Tennis

Bugun Laylo Turkiyada asosiy to'rga chiqishga urinib ko'radi
Turkiyaning Istanbul shahrida tennis bo'yicha "Fyuchers" turkumiga kiruvchi turnir davom etmoqda.
Sovrin jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqada hamyurtimiz Laylo Bahodirova ham o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazyapti. Bugun Laylo asosiy to'rga yo'llanma beruvchi uchrashuvda kortga chiqadi.
Bahodirovaning saralash bahslari final uchrashuvidagi raqibi serbiyalik Yovana Kenich bo'ladi. Tennischimiz saralash turnirining to'rtinchi raketkasi sifatida harakat qilyapti.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar