12 noy 15:52
Yangiliklar
Tennis

Bugun Londonda ATP Yakuniy turniri start oladi
Bugun Angliyaning London shahrida tennis bo'yicha ATP Yakuniy turniri boshlanadi.
2017 yilgi tennis mavsumini yakunlab beruvchi ushbu nufuzli musobaqada dunyoning eng kuchli sakkiz nafar raketka ustalari ikki guruhda bosh mukofot uchun bahslarga kirishishadi.
Bugun Londondagi “O2 Arena” kortida 4 ta uchrashuv
o'tkaziladi. Ulardan ikkitasi yakkalik va yana shunchasi juftlik bahslaridir.
Dunyoning ikkinchi raketkasi shveycariyalik Rojer Federer amerikalik Jek Sokka
qarshi kortga chiqadi.
Sok
yilning so'nggi “Masters” turnirida g'alaba qozonib, Yakuniy turnirga so'nggi bo'lib
yo'llanmani qo'lga kiritgandi. Ikkinchi yakkalik uchrashuvida germaniyalik Aleksandr Zverev
xorvatiyalik Marin CHilichga qarshi bahs olib boradi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar