27 iyu 11:11
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/14891_220.jpg)
Bugun Nigina Abduraimova "Uimbldon"da kortga chiqadi
Kecha Britaniyada "Ulkan toj" turkumiga kiruvchi "Uimbldon" turnirining saralash bahslari start oldi.
Bugundan boshlab tennischimiz Nigina Abduraimova turnir saralashidagi ishtirokini boshlaydi. Sportchimiz saralash bosqichining ilk o'yinida mezbonlar vakili, turnirga wild card asosida taklif etilgan Keti Svanga qarshi kortga chiqadi.
Malumot uchun, 1999 yilda tug'ilgan britaniyalik tennischi ayni paytda dunyo reytingida 358-o'rinni egallab turibdi.
1994 yilda tavallud topgan Nigina Abduraimova esa bugungi kunda reytingning 225-pog'onasidan joy olgan.
Sportchilar bungacha o'zaro o'yinlarda to'qnash kelmaganlar.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar