15 sen 09:06
Yangiliklar
Tennis

Bugun Nigina Batumida turnirning 1-raketkasiga qarshi kortga chiqadi
Mamlakatimizning ikkinchi raketkasi Nigina Abduraimova Gruziyaning Batumi shahrida o'tkazilayotgan “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnirda ishtirok etyapti.
Musobaqaning sovrin jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiladi. Bugun hamyurtimiz yarim finalda turnirning birinchi raketkasi, slovakiyalik Viktoriya Kuzmovaga qarshi kortga chiqadi.
Taqqoslash uchun, 23 yoshli Abduraimova dunyo reytingida 284, 19 yoshli Kuzmova esa 131-o'rinni egallab turibdi. Nigina ilk davrada turnirning uchinchi raketkasi rossiyalik Polina Monovani 6:2, 6:4, ikkinchi bosqichda yana bir rossiyalik tennischi Yana Sizikovani 6:7(4), 6:2, 6:2, chorak finalda rossiyalik Polina Leykinani 6:2, 6:1 hisobida mag'lub etgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar