27 apr 09:20
Yangiliklar
Tennis

Bugun Nigina Qarshida 1/2 final chiptasi uchun kurashadi
Qarshi shahrida xotin-qiz tennischilar ishtirokidagi “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnirning asosiy to'r bahslari davom etmoqda.
Sovrin jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi mazkur musobaqaning yakkalik bahslarida ikkinchi davra uchrashuvlari o'tkazilib, chorak finalchilar nomi malum bo'ldi.
Turnirning birinchi raketkasi bo'lgan hamyurtimiz Nigina Abduraimova ham bugun chorak finalchilar qatorida yarim final chiptasi uchun kortga chiqadi. Uning raqibasi rossiyalik Olesya Pervushina bo'ladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar