08 iyu 08:30
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/1020_220.jpg)
Bugun Nigina Yuksida yarim final chiptasi uchun kortga chiqadi
Bugun mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Nigina Abduraimova Xitoyning Yuksi shahrida davom etayotgan turnirning yakkalik bahslari chorak finalida kortga chiqadi.
Musobaqaning
mukofot jamg'armasi 25 ming dollarni tashkil qiladi. Hamyurtimiz ushbu turnirning
ikkinchi raqamli tennischisi sifatida qayd etilgan. Uning yarim final ostonasidagi
raqibasi xitoylik Janlan Vey bo'ladi.
Eslatib
o'tamiz, Nigina chorak finalga qadar xitoylik tennischilar Tingting Peyni 6:2, 6:0,
Yiksuan Lini 6:3, 7:6 hisobida mag'lub etgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar