15 iyu 11:38
Yangiliklar
Tennis

Bugun Oqgul Bursada final chiptasini uchun kortga chiqadi
Tajribali tennischimiz Oqgul Omonmurodova Turkiyaning Bursa shahrida o'tkazilayotgan sovrin jamg'armasi 50 ming AQSH dollaridan iborat turnirning yakkalik bahslaridagi ishtirokini ikkinchi davrada yakunlagan edi.
SHunday
bo'lsada, hamyurtimiz turnirning juftliklar bahsidagi ishtirokini muvaffaqiyatli
davom ettirmoqda. Rossiyalik Natela Jalamidze bilan juftlik hosil qilgan
tennischimiz bugun final chiptasi uchun kortga chiqadi.
Oqgul va Natelaning yarim finaldagi raqibalari – turnirning ikkinchi raketkalari makedoniyalik Lina Gyorcheska hamda ukrainalik Valeriya Straxova bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, Omonmurodova va Jalamidze musobaqaning chorak finalida turnirnin to'rtinchi raqamli juftligi – rossiyalik tennischilar Polina Monova hamda Yana Sizikova hamkorligidan 7:5, 5:7, tay-brekda 10:7 hisobida ustun kelishgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar