14 sen 11:15
Yangiliklar
Tennis

Bugun Oqgul Xodmezyovasharxeyda uchinchi raketkaga qarshi o'ynaydi
Xabar berganimizdek, tajribali tennischimiz Oqgul Omonmurodova Vengriyaning Xodmezyovasharxey shahrida davom etayotgan turnirdagi ishtirokini g'alaba bilan boshlagan edi.
Sovrin jamg'armasi 25 ming AQSH dollarini tashkil etuvchi ushbu musobaqaning ilk davrasida Oqgul serbiyalik Barbara Bonichni 5:7, 6:0, 6:4 hisobida taslim etgandi.
Bugun Omonmurodova chorak final chiptasi uchun kechadigan uchrashuvda chexiyalik Jesika Malechkovaga qarshi kortga chiqadi. Malechkova turnirning uchinchi raketkasi sifatida tasniflangan bo'lib, ilk davrada serbiyalik Milano Spremoni 6:0, 6:2 hisobida mag'lub etdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar