23 apr 08:49
Yangiliklar
Tennis

Bugun Qarshi “Fyuchers” turnirining asosiy to'r bahslari boshlanadi
Bugun Qarshi shahrida tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnirning asosiy to'r bahslari start oladi.
Sovrin jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqaning yakkalik bahslarida hamyurtlarimizdan Jo'rabek Karimov, Humoyun Sultonov, Sanjar Fayziev, Sergey Fomin, Saidalo Saidkarimov va Pavel Coy o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazadi.
Bosh sovrin uchun turnirning birinchi raketkasi yaponiyalik Xiroki Moriya, ikkinchi raqam ostida tasniflangan rossiyalik Konstantin Kravchuk, shuningdek Evgeniy Tyurnev, Dmitriy Jirmont singari kuchli tennischilar asosiy davogar bo'lib turishibdi. Aynan Moriya shanba kuni yakunlangan Buxoro “Fyuchers” turnirida bosh mukofotni qo'lga kiritgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar