10 okt 09:50
Yangiliklar
Futbol
Bugun Ravshan Ermatov JCH-2018 saralash bosqichi doirasidagi Avstraliya - Suriya o'yinini boshqaradi
Bugun Osiyo qitasida JCH-2018 saralashi to'rtinchi bosqichi doirasidagi javob o'yini bo'lib o'tadi.
Uchinchi bosqichda o'z guruhlarida uchinchi o'rinni olgan ikki jamoa Suriya
hamda Avstraliya o'zaro ikkita uchrashuv o'tkazishadi. 5 oktyabr kuni
Malayziyadagi "Xang Jebat" stadionida Suriya terma jamoasi mezbonligi
ostida o'tgan uchrashuvida 1:1 hisobi qayd etilgandi.
Bugungi o'yinni o'zbekistonlik Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar boshqarib borishadi.
Eslatib
o'tamiz, ikki o'yin natijasiga ko'ra g'olib bo'lgan jamoa noyabr oyida
KONKAKAF mintaqasining to'rtinchi jamoasiga qarshi pley-off uchrashuvini
o'tkazadi.
Avstraliya - Suriya
10 oktyabr. Sidney. "Avstraliya" stadioni. 14:00 (Toshkent vaqti)
Bosh hakam: Ravshan Ermatov (O'zbekiston)
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar