So’nggi yangiliklar

17:43Осиё ўйинларининг ўн тўртинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 17:15Энтони Жошуа Фьюридан кейин ким билан жанг қилмоқчи эканлигини айтди 0 16:55Осиё ўйинларининг 14-кунини бешта медаль билан якунладик 0 16:24Ўзбекистондаги футбол мавсумини "куз-баҳор" форматига ўтказиш имкониятлари кўриб чиқилмоқда 0 14:39ESPN талқинига кўра 30 ёшгача бўлган энг яхши ММА жангчилари рейтинги эълон қилинди 0 11:28Самбо. Жаҳон чемпионатини иккита олтин медаль билан бошладик 0 20:05Расман: Отабек Шукуров Сербия клубига ўтди 0 19:47Осиё ўйинларининг сўнгги медалларга бой ўтадиган кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум 0 18:50Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 18:22Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркияга имкониятни бой берди 0 17:30Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида спортчиларимиз 9 та медаль қўлга киритишди: шулардан 4 таси олтин! 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0 21:00Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон Сурияни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:45Осиё ўйинларининг ўн иккинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 19:08Эртага Осиё ўйинларида боксчиларимизни учта финал кутмоқда (бошланиш вақтлари) 0

03 iyu 14:47
Yangiliklar

Kikboksing

Bugun ringga chiquvchi 4 ta juftlik haqida batafsil malumot

Xabar berganimizdek, bugun poytaxtimizdagi "Yunusobod" sport majmuasida professional kikboksing bo'yicha Uzbekistan Open 2 turniri bo'lib o'tadi.

Kecha kechqurun bugungi professional kikboksing janglari oldidan "International" mehmonxonasida rasmiy tarozidan o'tish va ko'z urishtirish marosimi o'tkazildi. Barcha to'rt juftlik jangchilari belgilangan vazn meyorini bajarishdi. 

Bugungi prof jang juftliklari:

Murodbek Azimov (O'zbekiston) - Ivan Bertich (Xorvatiya)

Professional kikboksing janglarida to'rtta juftlik o'zaro ringga ko'tariladi. Markaziy jangda hamyurtimiz Murodbek Azimov xorvatiyalik Ivan Bertichga qarshi bahs olib boradi. Zagreb shahrida tug'ilgan 21 yoshli Bertich muaytay bo'yicha jahon va Evropa chempioni, kikboksingning K-1 yo'nalishida jahon chempioni hisoblanadi. Laqabi - Skorpion! "Skorpion" klubi nomidan o'z janglarini o'tkazib kelmoqda. Murabbiyi - Mario Kosar. Bugun u professional kikboksingda debyut jangini o'tkazadi.

"Tilla bola" nomi ostida o'z janglarini o'tkazib kelayotgan 32 yoshli andijonlik sportchi professionallar o'rtasida kikboksingning K-1 yo'nalishida Osiyo chempioni. SHu yil Turkiyada o'tkazilgan WAKO Lou-kik yo'nalishida jahon chempionligini qo'lga kiritgan. Boks va kikboksing bo'yicha xalqaro toifadagi sport ustasi. Uning prof rekordi: 10 g'alaba, 2 mag'lubiyat.

Husanxon Baratov (O'zbekiston) - Mehmet O'zer (Turkiya)

Mehmet O'zer 1982 yil Izmir shahrida dunyoga kelgan. 39 yoshli Mehmet 105 kg vazn, 182 santimetr bo'yga ega. Murabbiyi - Nuri Bayrak. U kikboksing, muaytay va u-shu bo'yicha 3 karra Evropa chempioni, Jahon chempioni hisoblanadi. Xalqaro toifadagi sport ustasi. Mountain 01 (Tog' 01) laqabi ostida ringga chiqadi. Professional rekordi: 26 g'alaba, 11 mag'lubiyat. 

Husanxon Baratov 1992 yil Toshkent shahrida tug'ilgan. Kikboksing bo'yicha xalqaro toifadagi sport ustasi. Qo'l jangi va MMAda bir necha bor xalqaro musobaqalar g'olib hamda sovrindori bo'lgan. 2021 yil Italiyada o'tkazilgan jahon chempionatida sovrindor, Vengriyadagi Jahon kubogida esa g'oliblikka erishgan. Murabbiyi - Oybek Narmetov. WAKO PRO klubi azosi. Professional rekordi: 16 g'alaba, 3 mag'lubiyat.     

Temurbek Xolmatov (O'zbekiston) - Abdulloh Mando (Misr)

Abdulloh Mando haqida malumotlar nisbatan kamroq. U Misrda dunyoga kelgan. Kikboksing bo'yicha xalqaro toifadagi sport ustasi. Murabbiyi - Muhammad Sobih. Misrning EMA TEAM kikboksing jamoasi azosi. Bo'yi 180 sm, vazni 76 kg. Faoliyati davomida 37 ta jang o'tkazgan bo'lib, 32 g'alaba, 5 mag'lubiyat qayd etgan. Raqiblarini 20 ta jangda nokautga uchratgan. 

Temurbek Xolmatov bugun ko'k burchakda harakat qiladi. U 1994 yil Andijonda dunyoga kelgan. Kikboksing bo'yicha Jahon kubogi g'olibi. Qo'l jangi bo'yicha professionallar o'rtasida O'zbekiston chempioni. Murabbiylari - Oybek Narmetov, Murod Azimov. WAKO PRO klubi azosi. Professional rekordi: 13 g'alaba, 3 mag'lubiyat. Bo'yi 190 sm, vazni 76 kg.        

Guljahon Normatova (O'zbekiston) - Mariya Belkina (Ukraina)  

Mariya-Katerina Belkina 1992 yil Ukraina poytaxti Kiev shahrida tug'ilgan. Kikboksing bo'yicha xalqaro toifadagi sport ustasi. Bir necha karra Ukraina chempioni. 2021 yilgi jahon chempionati sovrindori. Jahon kubogi va Evropa chempionati sovrindori bo'lgan. Bo'yi 165 sm, vazni 55 kg. Murabbiyi - Stanislav Voytenko. Professional rekordi: 4 g'alaba, 2 mag'lubiyat.         

Guljahon Normatova 1999 yil Farg'ona viloyatining Qo'qon shahrida tug'ilgan. Kikboksing bo'yicha sport ustasi. Qo'l jangi bo'yicha esa xalqaro tofadagi sport ustasi jarajasiga erishgan. Kikboksing va qo'l jangi bo'yicha O'zbekiston chempioni. 2020 yilgi qo'l jangi bo'yicha Jahon kubogi g'olibasi, 2021 yil esa jahon chempioni bo'lgan. Murabbiylari - Oybek Narmetov, Eldor Maxsudov. Bo'yi 159 sm, vazni 55 kg. WAKO PRO klubi azosi. Professional rekordi: 2 g'alaba, 1 mag'lubiyat.     

Malumot uchun, bugungi professional kikboksing oqshomi poytaxtimizdagi "Yunusobod" sport majmuasida soat 18:00da boshlanadi.  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing