So’nggi yangiliklar

22:02Ян ММА тарихидаги уч буюк жангчини айтди 0 21:16"Башакшеҳир" йирик ҳисобда ғалабага эришди, Шомуродов ва Файзуллаевдан гол + ВИДЕО 0 20:04Усик хайрлашув жангида ким билан тўқнаш келмоқчи экани айтилди 0 19:11"Дакар" раллиси 20 йилдан сўнг Африкага қайтади 0 18:30Нега WBA Мунгия — Зон жангига рухсат берди? 0 17:52Хаби Алонсо "Челси"да "Реал" юлдузини кўришни истайди 0 17:05Темировнинг вазнидаги чемпион Пётр Ян билан жанг қилишга тайёр 0 16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0 15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0 14:10Россия терма жамоаси ёрдамчи мураббийи: "Ўзбекистон майдонга энг кучли таркиби билан тушишини истаймиз" 0 13:28UFC Fight Night 292 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 12:11Мадина Мирабзалова Serbia Open-2026 ғолиби бўлди, Светлана Саидова (Осипова) ҳисобида бронза! 0 11:29Раҳматулло Бойматов ҳам Жаҳонгир Зокиров билан бир оқшомда жанг қилади 0 10:45Эл класико вақтида "Реал" ҳимоячисининг хонадонига ўғрилар кирди — El Mundo 0

27 avg 12:44
Yangiliklar

Dzyudo

Nukus “Uzbekistan Judo Tour” musobaqasida g'oliblar aniqlandi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Nukus shahri dzyudo bo'yicha mukofot jamg'armasi 200 million so'mni tashkil etgan “Uzbekistan Judo Tour” musobaqasiga mezbonlik qildi.

Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi zalida o'tkazilgan turnirda 4 ta vaznda g'olib va sovrindorlar aniqlandi. O'z vazn toifalarida Samariddin Qo'chqorov (-60 kg), Dilshodbek Baratov (-73 kg), Ramazon Allaberdiev (-90 kg) va qoraqalpog'istonlik Ernazar Sarsenbaev (+90 kg) chempionlik shohsupasiga ko'tarilishdi. 

Har bir vazn g'oliblari medal va diplomdan tashqari 22, kumush medal egalari 14, bronza medal sohiblari esa 7 million so'm pul mukofoti bilan taqdirlanishdi. 

Medallar jamg'arish bo'yicha umumjamoa hisobida Surxondaryo viloyati dzyudochilari 2 ta oltin va 2 ta kumush medal bilan birinchi o'rinni egallashdi. Toshkent shahri va Qoraqalpog'iston Respublikasi jamoalari kuchli uchlikni yakunlab berishdi. Jami 7 hudud jamoalari kamida 1 tadan bronza medalini qo'lga kiritishgan.    


“Uzbekistan Judo Tour” g'olib va sovrindorlari:

-60 kg vazn toifasi

1. Samariddin Qo'chqorov (Toshkent shahri)

2. Asadbek Misirov (Surxondaryo)

3. Kamoliddin Baxtiyorov (Toshkent shahri)

3. Amirxon Nizomaddinov (Xorazm)


-73 kg vazn toifasi

1. Dilshodbek Baratov (Surxondaryo)

2. Nizomiddinxo'ja Toshpo'latov (Surxondaryo)

3. Muhammadyahyo Muhammadjonov (Toshkent shahri)

3. Obidxon Nomonov (Namangan)


-90 kg vazn toifasi

1. Ramazon Allaberdiev (Surxondaryo)

2. Azizbek Avazmurodov (Toshkent shahri)

3. Sultonbek Abdushukurov (Jizzax)

3. Ulug'bek O'roqov (Toshkent shahri)


+90 kg vazn toifasi

1. Ernazar Sarsenbaev (Qoraqalpog'iston)

2. Javohir Murodullaev (Qashqadaryo)

3. O'tkirbek To'raboev (Toshkent shahri)

3. Rufat Xudakov (Qoraqalpog'iston)

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing