01 may 09:53
Yangiliklar
Dushanbe Grand Slam 2026 start olmoqda. Bugun 9 nafar dzyudochimizga muxlislik qilamiz
Dushanbe Grand Slam 2026 turnirining ilk kuni erkaklar o'rtasida -60, -66, ayollarda esa -48, -52, -57 kg vazn toifalarida g'olib va sovrindorlar aniqlanadi. Ilk kungi bellashuvlarda O'zbekiston terma jamoasining 9 nafar vakili ham medallar hamda jahon reytingi uchun taqdim etiladigan qimmatli ochkolar uchun bahslarga kirishadi.
Saralash bahslari soat 12:00, final bloki esa 17:00da boshlanadi.
Bugun tatamiga chiqadigan dzyudochilarimiz uchun qura natijalari:
-48 kg: Ulbusin Hakimova — Maryam Nazarova (Tojikiston)
-48 kg: Halimajon Qurbonova — Ksyu Xinran (Xitoy)
-52 kg: Muhayyo Ahmatova — Karina Efimova (Rossiya)
-52 kg: So'g'diyona Rafkatova — Suhaylo Safarzoda (Tojikiston)
-57 kg: Rayhona Mamatova — Natalya Elkina (Rossiya)
-60 kg: Hasan Boynazarov — Sun Jia Hao (Xitoy)
-60 kg: Muhammadjon Masharipov — Yan Bongambe Motoli (Franciya)
-66 kg: Aziz Ortiqov — Ravshanbek Asanov (Qirg'iz Respublikasi)
-66 kg: Dilshodbek Baratov — Nurali Emomali (Tojikiston)

Fikrlar