07 noy 08:57
Yangiliklar
Tennis

Bugun Sabina Tailandda dunyoning 83-raketkasiga qarshi o'ynaydi
Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Sabina SHaripova bugun Tailandning Xua Xin shahrida o'tkazilayotgan turnirdagi ishtirokini boshlaydi.
Hamyurtimiz iukofot jamg'armasi 125 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi turnirning ilk davra uchrashuvida musobaqada ikkinchi raqam ostida tasniflangan rossiyalik Evgeniya Rodinaga qarshi kortga chiqadi.
Taqqoslash uchun, Rodina dunyo reytingida 83, SHaripova
esa 191-o'rinni egallab turibdi. Tennischilar shu kungacha o'zaro to'qnash kelishmagan.
SHaripova - Rodina o'yini bugun bizning vaqt bilan soat 13:00da boshlanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar