02 fev 10:01
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/53363_220.jpg)
Bugun Saidalo Antaliyada ikkinchi raketkaga qarshi kortga chiqadi
Turkiyaning Antaliya shahrida tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnir davom etmoqda.
Sovrin jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqada hamyurtimiz Saidalo Saidkarimov ham muvaffaqiyatli odimlayapti. Kecha istedodli tennischimiz ilk davrada qozog'istonlik Kim Ivanovni 6:1, 6:2 hisobida mag'lub etgandi.
Bugun yurtdoshimiz chorak final chiptasi uchun turnirning ikkinchi raketkasi Ergi Kirkinga qarshi kortga chiqadi. Turkiyalik bu tennischi birinchi bosqichda yaponiyalik SHo SHimabukurodan 6:2, 6:3 hisobida ustun kelgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar