03 iyu 08:10
Yangiliklar
Tennis

Bugun Saidalo Qozonda asosiy to'rga chiqishga urinib ko'radi
Rossiyaning Qozon shahrida tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnirning saralash bahslari davom etmoqda.
Musobaqaning saralash bahslarida hamyurtimiz Saidalo Saidkarimov ham ishtirok etyapti. Saralashning ettinchi raketkasi bo'lgan vakilimiz ikkinchi bosqichda rossiyalik Bulat Galievni 6:4, 6:4 hisobida mag'lub etdi.
Bugun Saidalo asosiy
to'rga yo'llanma beruvchi uchrashuvda kortga chiqadi. Uning raqibi saralashning to'qqizinchi
raketkasi rossiyalik Dmitriy Mnushkin bo'ladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar