21 fev 07:05
Yangiliklar
Sambo
Bugun sambo bo'yicha kattalar o'rtasida O'zbekiston chempionati boshlanadi
Bugun, 21 fevral kuni Toshkent shahrida sambo bo'yicha kattalar o'rtasida O'zbekiston chempionati start oladi.
Uch kun davom etadigan bellashuvlarda Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 750 nafar sportchi medallar uchun kurash olib boradi.
Bellashuvlar ayollar, erkaklar va jangovar sambo yo'nalishida tashkil etiladi. Har bir yo'nalishda 7 tadan vazn toifasida medallar o'z egalarini topadi.
Musobaqa poytaxtimizdagi "Universal" (Taekvondo WT associaciyasiga qarashli) sport saroyida o'tkaziladi. Bugun soat 17:00da chempionatning tantanali ochilish marosimi tashkil etiladi. Saralash bahslari esa 10:00dan boshlanadi. Bellashuvlar "UzReport" va "Futbol TV" telekanallari orqali namoyish etiladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar