27 jan 11:18
Yangiliklar

Bugun Sanjar Qozon turniri chempionligi uchun kortga chiqadi
Mukofot jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqaning asosiy to'r bahslarida uch nafar tennischimiz - Sanjar Fayziev, Humoyun Sultonov hamda Sergey Fomin o'z ishtirokini boshlagan bo'lsa, ulardan birgina Sanjar finalga qadar etib keldi.
Bugun Fayziev hal qiluvchi final uchrashuvida turnirning ikkinchi raketkasi, rossiyalik Taymuraz Gabashviliga qarshi kortga chiqadi. Tennischimiz dramatik kechgan yarim finalda ettinchi raqam ostida tasniflangan rossiyalik Evgeniy Tyurnevni 6:3, 6:7(4), 7:6(5) hisobida taslim etgan edi.
Tajribali Gabashvili esa turnirning beshinchi raketkasi, yana bir rossiyalik tennischi Konstantin Kravchukdan 7:5, 4:6, 6:1 hisobida ustun kelgandi. 24 yoshli Fayziev ATP reytingida 587, 33 yoshli Gabashvili esa 382-o'rinni egallab turibdi.
Fikrlar