25 jan 10:31
Yangiliklar
Tennis

Bugun Sanjar yakkalikda yarim final chiptasi uchun kortga chiqadi
Xabar berganimizdek, Rossiyaning Qozon shahrida tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnir davom etmoqda.
Mukofot jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqaning asosiy to'r bahslarida uch nafar tennischimiz ishtirok etayotgandi. Ulardan birgina Sanjar Fayziev chorak finalga yo'l oldi. Sanjar ikkinchi davra uchrashuvida yana bir tennischimiz Sergey Fomindan ustun keldi.
Bugun Fayziev chorak final uchrashuvida rossiyalik Aleksandr Vasilenkoga qarshi kortga chiqadi. Bu tennischi kecha ikkinchi bosqichda turnirda uchinchi raqam ostida harakat qilgan hamyurtimiz Humoyun Sultonovni 6:4, 6:0 hisobida mag'lubiyatga uchratgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar