01 mar 08:20
Yangiliklar
Tennis

Bugun SHaripova chorak final chiptasi uchun kortga chiqadi
Birinchi raqamli tennischimiz Sabina SHaripova Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida davom etayotgan WTA turnirining ikkinchi davrasiga yo'l olgan edi.
Bugun istedodli tennischimiz asosiy to'rning ikkinchi bosqich uchrashuvini o'tkazadi. Hamyurtimizning raqibi gollandiyalik Lesli Kerkxove bo'ladi. Bu bahs bizning vaqt bilan soat 13.00da boshlanishi rejalashtirilgan.
Taqqoslash uchun, SHaripova dunyo reytingida 155, 25 yoshli Kerkxove esa 195-o'rinni egallab turibdi. Sabina ilk bosqichida Xitoy Taypeyi vakilasi Se SHuveyni 7:5, 5:7, 6:1 hisobida taslim etgandi. Su dunyo reytingida 98-o'rinni band etgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar