25 okt 10:50
Yangiliklar
Tennis

Bugun SHaripova chorak final chiptasi uchun kortga chiqadi
Turkiyaning Istambul shahrida tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnirning asosiy to'r bahslari davom etmoqda.
Sovrin jamg'armasi 25 000 dollarni tashkil etuvchi musobaqada hamyurtimiz Sabina SHaripova ham muvaffaqiyatli ishtirok etyapti. Mamlakatimizning birinchi, turnirning esa ikkinchi raketkasi bo'lgan Sabina ilk davrada serbiyalik Natalya Kostichni mag'lub etgandi.
Bugun u chorak final chiptasi uchun ruminiyalik Jorjiana Raluka
Serbanga qarshi kortga chiqadi. 20 yoshli Serban dunyo reytingida 336-o'rinni egallab
turibdi. 23 yoshli Sabina esa 180-pog'onadan joy olgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar