15 fev 14:36
Yangiliklar
Tennis

Bugun SHaripova Dubayda kortga chiqadi, uning raqibasi kanadalik tennischi
Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Sabina SHaripova BAAning Dubay shahrida start olgan nufuzli turnirda ishtirok etadi.
Hamyurtimiz bugundan boshlangan musobaqaning saralash bahslarida o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazadi. Sabina birozdan so'ng, aniqrog'i Toshkent vaqti bilan soat 16:30da saralashning ilk davra uchrashuvida kortga chiqadi.
SHaripovaning raqibasi kanadalik Gabriela Dabrovski bo'ladi. Tennischimiz WTA reytingida 139, Dabrovski esa 446-o'rinni egallab turibdi. Tennischilar shu kungacha o'zaro to'qnash kelishmagan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar