26 fev 10:00
Yangiliklar
Tennis

Bugun SHaripova hal qiluvchi uchrashuvda kortga chiqadi
Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Sabina SHaripova Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida davom etayotgan WTA turnirining saralash bahslarida o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazyapti.
Istedodli tennischimiz kecha saralashning ilk davra uchrashuvida malayziyalik Teyviyo Selvarajjuni 6:1, 6:2 hisobida mag'lub etgandi. Bugun Sabina asosiy to'rga yo'llanma beruvchi bahsda kortga chiqadi.
Uning raqibasi gollandiyalik Sindi Byurger bo'ladi. SHaripova dunyo reytingida 137-o'rinni egallab turibdi. Byurger esa 160-pog'onadan joy olgan. Sabina saralashda 2, Sindi 9-raqam ostida tasniflangan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar