21 iyu 10:30
Yangiliklar
Tennis
Bugun SHaripova Moskva turniridagi ishtirokini boshlaydi
Bugun Rossiya Federaciyasi poytaxti Moskva shahrida tennis bo'yicha sovrin jamg'armasi 25 ming dollardan iborat turnirning asosiy to'r bahslari start oladi.
Ushbu musobaqada hamyurtimiz Sabina SHaripova ham ishtirok etadi. Mamlakatimizning ikkinchi raketkasi Moskva turnirida birinchi raqam ostida tasniflangan.
Qura natijasiga ko'ra, hamyurtimiz bugun ilk davrada rossiyalik Karin Sarkisovaga qarshi kortga chiqadi. Sarkisova asosiy to'rga saralash bahslari orqalib etib kelgan. Sabina turnirning juftlik bahslarida ham o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazadi.
Eslatib
o'tamiz, Sabina SHaripova yakshanba kuni yakuniga etgan Farg'onadagi xuddi shu
toifadagi turnirda muvaffaqiyatli tarzda ishtirok etib, musobaqa vice-chempioniga
aylangan edi.
Havola :
Fikrlar