25 noy 08:22
Yangiliklar
Tennis

Bugun SHaripova Mumbayda final chiptasi uchun kortga chiqadi
Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Sabina SHaripova Hindistonning Mumbay shahrida o'tkazilayotgan turnirda muvaffaqiyatli tarzda ishtirok etyapti.
Bugun hamyurtimiz “CHellenjer” turkumiga kiruvchi, sovrin jamg'armasi 125 000 dollarni tashkil qiluvchi ushbu musobaqaning yarim finalida kortga chiqadi. Uning raqibasi sloveniyalik Dalila Yakupovich bo'ladi.
Malumot uchun, Yakupovich ayni paytda dunyo reytingida 252, SHaripova esa 186-o'rinni egallab turibdi. Bugungi bahs bizning vaqt bilan soat 15:30da boshlanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar