24 noy 07:55
Yangiliklar
Tennis

Bugun SHaripova Mumbayda yarim final chiptasi uchun kortga chiqadi
Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Sabina SHaripova Hindistonning Mumbay shahrida o'tkazilayotgan turnirda muvaffaqiyatli tarzda ishtirok etyapti.
Bugun hamyurtimiz “CHellenjer” turkumiga kiruvchi, sovrin jamg'armasi 125 000 dollarni tashkil qiluvchi ushbu musobaqaning chorak finalida kortga chiqadi. Uning raqibasi turnirning uchinchi raketkasi belgiyalik Yanina Vikmayer bo'ladi.
Malumot uchun, 28 yoshli Yanina o'z vaqtida dunyoning
12-raketkasiga aylangan edi. Vikmayer ayni paytda dunyo reytingida 115, SHaripova
esa 186-o'rinni egallab turibdi. Bugungi bahs bizning vaqt bilan soat 17:30da
boshlanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar