24 may 11:15
Yangiliklar
Tennis

Bugun SHaripova “Rolan Garros”dagi ishtirokini boshlaydi
Franciya poytaxti Parij shahrida “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi “Rolan Garros” turnirining saralash bahslari davom etmoqda.
Musobaqaning xotin-qiz tennischilari o'rtasidagi saralash
bahslarida hamyurtimiz Sabina SHaripova ishtirok etadi. Bugun mamlakatimizning
birinchi raketkasi ilk davra uchrashuvida kortga chiqadi.
Bizning vaqt bilan soat 14:30da boshlanadigan uchrashuvda SHaripova amerikalik Sofiya Keninga qarshi bahs olib boradi. Kenin 1998 yilda Rossiyada tug'ilgan, hozirda AQSH sharafini himoya qilyapti.
Taqqoslash uchun, Sabina SHaripova dunyo reytingida 141, Sofiya Kenin esa 178-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar