28 fev 09:10
Yangiliklar
Tennis

Bugun SHaripova TOP-100talikdagi tennischi bilan uchrashadi
Birinchi raqamli tennischimiz Sabina SHaripova Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida davom etayotgan WTA turnirining asosiy to'riga yo'llanma olgan edi.
Bugun istedodli tennischimiz asosiy to'rning ilk bosqichida Se SHuveyga qarshi kortga chiqadi. Xitoy Taypeyilik bu tennischi dunyo reytingida 98-o'rinni egallab turibdi. Sabina esa 155-pog'onani band etgan.
Eslatib o'tamiz, SHaripova saralash bahslarida malayziyalik Teyviyo Selvarajja va gollandiyalik Sindi Byurgerdan ustun kelgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar