14 apr 09:41
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/36930_220.jpg)
Bugun SHaripova Turkiyada bosh mukofot uchun kortga chiqadi
Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Sabina SHaripova Turkiyaning Istambul shahrida o'tkazilayotgan turnirda muvaffaqiyatli ishtirok etyapti.
Musobaqaning sovrin jamg'armasi 60 000 AQSH dollarini tashkil qiladi. Bugun hamyurtimiz bosh sovrin uchun kechadigan final uchrashuvida kortga chiqadi. Uning raqibasi rossiyalik Elena Ribakina bo'ladi. Final bahsi Toshkent vaqti bilan soat 17:00da boshlanishi belgilab qo'yilgan.
Taqqoslash uchun, Sabina SHaripova dunyo reytingida 217, Elana Ribakina esa 255-o'rinni egallab turibdi. Tennischilar shu kungacha o'zaro bir bor to'qnash kelishgan. SHu yilning 28 yanvar kuni o'tkazilgan o'sha bahsda Ribakina g'alaba qozongan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar