25 iyu 08:20
Yangiliklar
Tennis
Bugun SHaripova Xitoydagi turnirda ikkinchi uchashuvini o'tkazadi
Yurtimizning birinchi raqamli tennischisi Sabina SHaripova Xitoyning Nanchang shahri mezbonlik qilayotgan WTA turnirida ishtirok etyapti.
Kecha yurtdoshimiz asosiy to'rning ilk davrasida yaponiyalik Ayano SHimicuni 57 daqiqa ichida raqibasini 6:2, 6:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Bugun SHaripova ikkinchi davrada xitoylik Van Cyanga qarshi kortga chiqadi.
SHaripova - Cyan uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 14:00da boshlanishi belgilab qo'yilgan. Sabina dunyo reytingida 127, Van esa 78-o'rinni egallab turibdi. Tennischilar shu kungacha o'zaro uchrashuvlarda to'qnash kelishmagan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar