24 iyu 08:43
Yangiliklar
Tennis
Bugun SHaripova Xitoydagi turnirda kortga chiqadi
Yurtimizning birinchi raqamli tennischisi Sabina SHaripova Xitoyning Nanchang shahri mezbonlik qilayotgan WTA turnirida ishtirok etadi.
Bugun yurtdoshimiz asosiy to'rning ilk davrasida yaponiyalik Ayano SHimicuga qarshi kortga chiqadi. SHaripova - Ayano uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 15:30da boshlanishi belgilab qo'yilgan.
Taqqoslash uchun, SHaripova dunyo reytingida 127, SHimicu esa 212-o'rinni egallab turibdi. Tennischilar shu kungacha o'zaro uchrashuvlarda to'qnash kelishmagan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar