12 mar 07:51
Yangiliklar
Tennis

Bugun SHaripova Xitoydagi turnirning asosiy to'riga chiqishga urinib ko'radi
Mamlakatimizning birinchi raketkasi Sabina SHaripova Xitoyning SHenjen shahrida o'tkazilayotgan turnirda ishtirok etyapti.
Musobaqaning sovrin jamg'armasi 60 000 AQSH dollarini tashkil qiladi. Hamyurtimiz o'z ishtirokini saralash bahslaridan boshladi va bugun bir necha daqiqadan so'ng asosiy to'r yo'llanmasi uchun kortga chiqadi.
Saralash turnirining oltinchi raketkasi hisoblangan Sabinaning raqibasi germaniyalik Sara-Rebekka Sekulich bo'ladi. SHaripova saralashning dastlabki ikki bosqichida xitoylik tennischilar Jiksi Luni 6:0, 6:1, Sun Xi Lyuni 6:7(3:7), 6:3, 6:2 hisobida taslim etagandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar