08 iyu 08:42
Yangiliklar
Tennis
Bugun so'nggi 11 yillikning “eng yosh finali” o'tkaziladi
Bugun “Rolan Garros” turnirining ayollar o'rtasidagi bahslarida chempion aniqlanadi.
Toshkent vaqti bilan soat 18:00da boshlanishi rejalashtirilgan hal qiluvchi final uchrashuvida chexiyalik Marketa Vondroushova avstraliyalik Eshli Bartiga qarshi kortga chiqadi. Ushbu final “Katta Dubulg'a” turnirlarining so'nggi 11 yillikdagi eng yosh finali bo'ladi.
Malumot uchun, Marketa 28 iyun kuni 20 yoshga to'ladi. Eshli esa 24 aprel kuni 23 yoshga to'lgan edi. Bundan avvalgi eng yosh final 2008 yilgi “Rolan Garros” turnirida qayd etilgandi. O'shanda serbiyalik 20 yoshli Ana Ivanovich rossiyalik 22 yoshli Dinara Safinaga qarshi kortga chiqqan edi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar