06 fev 10:30
Yangiliklar

Bugun tennischilarimiz FedCup musobaqasida o'yin o'tkazadilar
6-10 fevral kunlari Bahraynda o'tkaziladigan ikkinchi guruh o'yinlarida hamyurtlarimiz o'z raqiblari nomini bilib olishdi. Qura natijalariga ko'ra, O'zbekiston terma jamoasi "A" guruhida Livan va Yangi Zelandiya terma jamoalariga qarshi bahs olib boradigan bo'ldi.
Terma jamoa sardori Iroda To'laganova mazkur bahslarga quyidagi sportchilarni jalb qilgan:
Sabina SHaripova
Nigina Abduraimova
Oqgul Omonmurodova
Yasmina Karimjonova.
Bugun qizlarimiz guruhdagi ilk o'yinda livanlik raqiblariga qarshi o'yin o'tkazadilar.
Birinchi bo'lib, eng yosh tennischimiz Yasmina Karimjonova raqiblarning birinchi raqamli tennischisiga qarshi o'yin o'tkazsa, keyin Sabina SHaripova raqiblarning ikkinchi raqamli tennischisiga qarshi kortga chiqadi. Kunning uchinchi bahsida Oqgul Omonmurodova/Nigina Abduraimova tandemi juftlik bahslarida ishtirok etadi.
Fikrlar