20 mar 12:31
Yangiliklar

Bugun Toshkentda yana bir nufuzli shaxmat turniri start oladi (1-tur juftliklari)
Mukofot jamg'armasi 75 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi turnir shveycarcha tizimda 10 turdan iborat bo'ladi. Ishtirokchilar ikki guruhda sovrinli o'rinlar uchun bahs olib borishadi. Asosiy hisoblangan A guruhida 1800 va undan yuqori reytingli shaxmatchilar jam bo'lgan. V guruhida esa reytingi 1999 va undan past bo'lgan ishtirokchilar dona suradi.
Kuchlilar jam bo'lgan A guruhida hindistonlik xalqaro grossmeyster Nihal Sarin (2687) birinchi raqam ostida saralangan. Yosh grossmeysterimiz SHamsiddin Vohidov ikkinchi raqamli shaxmatchi sifatida tasniflangan. Soat 14:00da boshlanadigan 1-tur uchrashuvida Sarin oq donalarda o'zbekistonlik shaxmatchi Behruz Umarovga, SHamsiddin esa yana bir vakilimiz Azamat Daurimetovga qarshi qora donalarda o'ynaydi.
Fikrlar