09 dek 09:15
Yangiliklar
Tennis
Bugun Xabibulina Tunis turnirida chorak final chiptasi uchun kortga chiqadi
Tunisning Xammamet shahri mezbonlik qilayotgan tennis bo'yicha ITF toifasidagi turnir o'zining qizg'in pallasiga kirdi.
Sovrin jamg'armasi 10 ming AQSH dollarini tashkil qiluvchi ushbu musobaqada ishtirok etgan Albina Xabibulina bugun chorak final chiptasi uchun kortga chiqadi.
Xabibulina ilk davrada chexiyalik Monika Kilnarovani 6:4, 3:6, 6:4 hisobida mag'lub etgan edi. Bugun u ikkinchi davrada franciyalik Jade Suvringa qarshi bahs olib boradi. Jade turnirning ikkinchi raketkasi sifatida harakat qilyapti.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar