23 avg 09:15
Yangiliklar
Tennis

Bugun Xabubulina Rotterdamdagi ishtirokini boshlaydi
Bugun tajribali tennischimiz Albina Xabibulina Gollandiyaning Rotterdam shahrida o'tkazilayotgan turnirdagi ishtirokini boshlaydi.
“Fyuchers” turkumiga kiruvchi ushbu turnirning sovrin jamg'armasi 15 000 dollarni tashkil qiladi. Hamyurtimiz qura natijasiga ko'ra asosiy to'rning ilk davrasida germaniyalik Yana Mordergerga qarshi kortga chiqadi.
Etiborlisi, Albina o'tgan hafta Oldenzaaldagi musobaqada ham turnirda beshinchi raqam ostida tasniflangan Mordergerni mag'lubiyatga uchratgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar